Kirish Ro'yxatdan o'tish

Antoni "Manchester Yunayted"ning navbatdagi o‘yinida ishtirok etadi

Antoni "Manchester Yunayted"ning navbatdagi o‘yinida ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Payshanba oqshomida "Manchester Yunayted" Yevropa ligasining 7-turi doirasida "Reynjers"ga qarshi o‘ynaydi. "Qizil iblislar" vingeri Antoni "Betis" bilan kelishuvga erishganiga qaramay, jamoa tarkibiga kiritilishi mumkin. Bu haqda nufuzli insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda yozdi.

Insayderning qayd etishicha, Antonining ijarasi bo‘yicha og‘zaki kelishuv kuchda qolmoqda va tahdid ostida emas. Ammo hujjatlar tayyorlanayotgan bir paytda, braziliyalik futbolchi o‘yin uchun "Manchester Yunayted" tarkibiga qo‘shilishi mumkin.

2024/2025 yilgi mavsumda Antoni 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Kiritildi: 18:16, 23.01.2025.
O'qildi: 1485 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик