O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Husayn Norchayev mashg‘ulotlar payti jarohat oldi. Shu sababli bugungi Iordaniyaga qarshi uchrashuvda maydonga tusha olmaydi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assosiasiyasi telegram-kanali xabar berdi.
Shifokorlarning tavsiyasiga ko‘ra, Norchayevning jarohatdan tiklanish jarayoni Toshkentda davom ettiriladi.













