Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Latviya futbol federasiyasi prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Latviya futbol federasiyasi prezidenti bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Bugun, 30 yanvar sanasida O‘zbekiston futzal federasiyasi prezidenti Bekzod Mamatqulov Latviya futbol federasiyasi prezidenti Vadim Lashenko bilan uchrashdi.

O‘zbekistonning Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi Timur Rahmonov hamrohligida o‘tgan uchrashuv davomida har ikki davlat futzal federasiyalari o‘rtasida qator yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, do‘stona aloqalarini mustahkamlash borasida kelishib olindi. Shuningdek, Vadim Lashenko mehmonlarni Latviya futbol federasiyasi infratuzilmasi va sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston terma jamoalari bosh murabbiylari Latviyada malakasini oshirishi hamda u yerdagi hamkasblari bilan tajriba almashishi uchun imkoniyat yaratib berish, shu yilning birinchi yarmida O‘zbekiston va Latviya futzal terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi tashkil etish borasida qaror qabul qilindi.

Ta’kidlash lozim, 2023 yil iyul oyida Vadim Lashenko qit’ada futzal va sohil futbolini rivojlantirishga javobgar bo‘lgan UEFAning futzal va sohil futboli bo‘yicha Qo‘mitasi rahbarligiga tayinlangan. Natijada, u UEFA qo‘mitasi raisligiga tayinlangan birinchi latviyalikka aylangan.

Eslatib o‘tamiz, futzal bo‘yicha "Evro-2026" musobaqasiga Litva va Latviya mezbonlik qiladi.

Kiritildi: 17:52, 30.01.2025.
O'qildi: 661 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик