Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

OCHL bahslarida 5 jamoa muddatidan avval nimchorak finalga chiqdi

OCHL bahslarida 5 jamoa muddatidan avval nimchorak finalga chiqdi

Baho:
+-1 | -

Futbol bo‘yicha Osiyo Elit chempionlar ligasining 7-turi yakunlandi. Ushbu turning so‘nggi ikki o‘yini “Al-Garafa” – “Paxtakor”, “Al-Hilol” – “Persepolis” klublari o‘rtasida o‘tdi.

Qatarda o‘tkazilgan "Al-Garafa" - "Paxtakor" jamoalari bahsi 1:0 hisobida yakunlandi. Uchrashuvdagi yagona gol 39-daqiqada Sassi tomonidan kiritildi. Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan "Al-Hilol" hamda "Persepolis" klublari to‘qnashuvida mezbonlar 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ushbu tur yakuniga ko‘ra, “Al Hilol” va “Al-Ahli” klubi ochkolarini 19 taga yetkazib olgan holda gollar nisbatiga ko‘ra, 1- va 2- pog‘onadan joy oldi.

Shuningdek, “Al-Nasr” jamoasi 16 ochko bilan uchinchi o‘rinni egalladi. “Al-Sadd” 12, “Al-Vasl” 11, “Al-Rayyan” 8, “Al-Garafa” 7, “Istiqlol” 6 ochko jamg‘arib, kuchli 8 talikka yakun yasab berdi. Garchi “Persepolis”da ham 6 ochko bo‘lsa-da, gollar nisbatiga ko‘ra ushbu jamoa 9-o‘rinda qoldi.

Afsuski, “Paxtakor” kechagi mag‘lubiyatdan so‘ng 4 ochko bilan 11- o‘ringa tushib ketgan bo‘lsa, “Al-SHorta” 3, “Al-Ayn” esa 2 ochko bilan quyi o‘rinlarda qoldi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, umumiy bosqich yakuniga bir tur qolgan bo‘lsa-da, “Al Hilol”, “Al-Ahli”, “Al-Nasr”, “Al-Sadd” va “Al-Vasl” klublari muddatidan avval 1/16 bosqichiga yo‘l oldi.

Endi 17-19 fevral kunlari Osiyo Elit chempionlar ligasining so‘nggi, 9-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda “Paxtakor” – “Al-Sadd”, “Al-SHorta” – “Al-Ayn”, “Persepolis” – “Al-Nasr”, “Al-Ahli” – “Al-Garafa”, “Al-Rayyan” – “Istiqlol”, “Al Hilol” – “Al-Vasl” klublari o‘zaro raqobatlashadi.

Ma’lumot o‘rnida: OCHL bahslarining 8-turida “Paxtakor” o‘z maydonida g‘alaba qozona olsa, shu qatorda “Persepolis” va “Istiqlol” klublari mag‘lubiyatga uchrasa, "sherlar" sakkizinchi o‘rindan joy olishi hamda navbatdagi bosqichga o‘tishi mumkin.

Kiritildi: 11:27, 05.02.2025.
O'qildi: 1734 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.