Saudiya Arabistonining “An-Nasr” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘zining tug‘ilgan kunidan suratini joylashtirdi. 5 fevral, chorshanba kuni futbolchi 40 yoshga to‘ldi.
"Tug‘ilgan kun uchun bildirgan ajoyib tilaklar uchun barchangizga rahmat!", - deb yozdi portugaliyalik.

Joriy mavsum portugaliyalik futbolchi barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda qatnashib, 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













