Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Tebas Anchelottining hakamlik haqidagi so‘zlariga javob qaytardi: "Real" 2023 yilning noyabrigacha RFEF rahbariyatining bir qismi bo‘lgan"

Tebas Anchelottining hakamlik haqidagi so‘zlariga javob qaytardi: "Real" 2023 yilning noyabrigacha RFEF rahbariyatining bir qismi bo‘lgan"

Baho:
+2 | -

Xavyer Tebas Karlo Anchelottining hakamlik tizimi haqidagi gaplariga javob qaytardi.

Oldinroq La Liga prezidenti "Real Madrid"ning hakamlik borasidagi shikoyatlari kontekstida shunday degan edi: "Ular o‘zlarini qurbon sifatida ko‘rsatishmoqda, bu noo‘rin va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Madridliklar raqobatga putur yetkazmoqchi. Ular aqldan ozishdi."

"Real Madrid" bosh murabbiyi Anchelotti Tebasga shunday javob berdi: "U xotirjam bo‘lishi kerak, hech kim aqldan ozmaydi. Tizimda o‘zgarish kerak edi, men eshitganimga ko‘ra, hech kim bundan mamnun emas edi".

“Karlo, xotirjam bo‘l... Ispaniya chempionatida soxtalashtirilgani yo‘q va biz hammamiz hakamlik tizimi yaxshilanishini istaymiz, biz buni anchadan beri talab qilib kelayotgan edik. Lekin qiziqki, hozir juda xavotirda bo‘lgan "Real" 2023 yilning noyabrigacha Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi boshqaruv kengashi tarkibiga kirdi... va hatto hech narsa ham demadi.

O‘sha paytda "Negreyra ishi" bir necha oydan beri ma’lum edi, ammo bu vaqt ichida "Real Madrid" telekanali bizni hakamlar haqidagi "ob’ektiv" videolari bilan "hursand qilishda" davom etdi. Nega unda federasiyadan ham, La Ligadan ham takliflar bo‘lmadi?

Egalik modelini o‘zgartirish va La Liganing "ekspropriasiya" deb ataladigan bahona endi ishonarli emas. Balki bu yana bir bahonadir? Chunki biz ba’zi odamlardan shunga o‘xshash nazariyalarni eshitganmiz", deb yozadi La Liga prezidenti.

Kiritildi: 22:34, 07.02.2025.
O'qildi: 1315 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик