Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Aleksandr Xomyakov: "Qo‘rqinchli joyi yo‘q, ishlar reja asosida ketmoqda"

Aleksandr Xomyakov: "Qo‘rqinchli joyi yo‘q, ishlar reja asosida ketmoqda"

Baho:
+ | -

"Andijon"ning "Voysberg" (Avstriya) hamda "Raufoss" (Norvegiya) klublariga qarshi o‘yinlaridan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov klub matbuot xizmati uchun o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Tig‘iz kun bo‘ldi. Biz buni "dabl geym" deb ataymiz. Bir kunda ikkita o‘yinni o‘tkazish oson emas. Maydonga tushgan futbolchilarimiz 90 daqiqa mobaynida to‘liq kuch bilan o‘ynadilar. Bevosita uchrashuvlarga kelsak, ikkalasi ham bir-biridan qiziqarli kechdi va har ikki bahsda ham vaziyatlar yarata oldik. Bu oddiy o‘yinlar bo‘lmadi.

Avstriya jamoasi zamonaviy futbol namoyish etdi. Rostini aytsam, raqibdan bunday o‘yinni kutmagan edim, menga yoqdi. Garchi, ularga hisobda yutqazgan bo‘lsak-da, o‘yin borasida ko‘p jabhalarda raqibdan ustunlik qildik. O‘zimizning klub haqida tanqidiy xulosa chiqara olmayman. Chunki safimizga yangi futbolchilar kelib qo‘shilgan va bir-birlarini tushunib olishlari uchun vaqt kerak bo‘ladi. Muhimi, hammasi reja asosida ketyapti va o‘yindan qoniqdim.

Ikkinchi o‘yinga kelsak, Norvegiya futboli vakili butunlay boshqacha – jismoniy kuchga tayangan holda to‘p surdi. Raqib bu jabhada ustunroq ekanligini namoyish eta oldi. Meni uchrashuvning dastlabki 20-30 daqiqasida yomon o‘ynamaganimiz quvontirdi. Biz yaratmoqchi bo‘lgan o‘yinni ko‘rsata oldik, lekin hammasi ham o‘xshamadi. Ammo bundan fojea yasash kerak emas. Chunki boya aytganimdek, hammasi reja asosida ketmoqda. Har ikkala jamoa navbati bilan hujumlarga o‘tishdi. To‘g‘ri harakatlanib, to‘pga egalik qildik. Ha, imkoniyatlar bo‘ldi, ammo u qadar ko‘p emas. Nazorat bellashuvlarida hisob unchalik katta ahamiyat kasb etmaydi. Asosiysi, futbolchilar bir-birini tushunib, o‘z o‘yinimizni topish ustida ishlashga kirishganlar.

Umuman olganda, biz deyarli yangi jamoa tuzmoqdamiz. To‘g‘ri, bunga hali vaqt kerak. Xullas, men bu mag‘lubiyatlardan fojea yasamoqchi emasman. Qo‘rqinchli joyi yo‘q. Yuqorida aytib o‘tganimdek, ishlar reja asosida ketmoqda. Ishlashda davom etamiz. O‘z o‘yinimizni topib boryapmiz va shu ruhda harakatni olib boramiz".

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 12:29, 08.02.2025.
O'qildi: 834 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик