Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona
24/02 22:45 Atletiko - Bryugge
25/02 01:00 Inter - Bude-Glimt
25/02 01:00 Bayer - Olimpiakos
25/02 01:00 Nyukasl - Qorabog‘

Ugo Gatti Ronalduning so‘zlariga javoban: «Pele – Maradona, Krishtianu, Messi, Ronaldinyo va Kroyffdan ham yaxshiroq»

Ugo Gatti Ronalduning so‘zlariga javoban: «Pele – Maradona, Krishtianu, Messi, Ronaldinyo va Kroyffdan ham yaxshiroq»

Baho:
+3 | -

Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni Ugo Gatti portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning o‘zini tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb atashini qo‘llab-quvvatlamadi. «An-Nasr» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi o‘zini eng yaxshi deb atadi.  

«Hammaga ma’lumki, men uchun hech qachon, hech kim Pele darajasida bo‘lmagan va bo‘lmaydi. U bilan hech kim tenglasha olmaydi, u yagona edi.  

Krishtianu yaqinda juda yaxshi o‘ynadi, lekin u hatto Pele darajasiga yaqin ham emas. Maradona va Messi ham Pelega tenglasha olmaydi.  

Lekin Ronalduning bu gaplari asossiz emas, chunki u hamma yerda chempion bo‘lgan, hamma yerda gol urgan, dunyoning eng yirik klublarida to‘p surgan. Ammo u tarixdagi eng yaxshi emas. [Peledan keyin] hali Kroyff, Maradona, Ronaldinyo va Di Stefano bor.  

Menga Krishtianu juda yoqadi, lekin hech kim hech qachon Pele bilan tenglasha olmaydi. Pele – Maradona, Ronaldu, Messi, Ronaldinyo va Kroyffdan ham yaxshiroq», – dedi Argentina terma jamoasining sobiq darvozaboni.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 22:01, 09.02.2025.
O'qildi: 3843 marta.
Fikrlar: 15 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.