"Sevilya"ning serbiyalik himoyachisi Nemanya Gudelning fikricha, "Barselona"ga qarshi o‘yin hakami Jyul Kunde va Jibril Sou o‘rtasidagi vaziyatda penalti belgilashi kerak edi.
Qayd etish joiz, o‘shanda "Barselona" bitta to‘p farqi bilan g‘alaba qozonayotgandi (2:1).
"Men hakamlar haqida gapirishni yoqtirmayman. Men Kundeni qo‘li bilan Souni itarib yuborganini ko‘rdim va u muvozanatni yo‘qotdi. Menimcha, bu juda aniq penalti edi", - deya futbolchining so‘zlarini keltiradi Marca.













