Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Gvardiola De Bryuyne uchun o‘rinbosar topdi. Transfer 100 million yevrodan ortiq bo‘lishi mumkin

Gvardiola De Bryuyne uchun o‘rinbosar topdi. Transfer 100 million yevrodan ortiq bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«RB Leypsig»ning niderlandiyalik yarim himoyachisi Xavi Simons «Manchester Siti»ning diqqat markazida, deb xabar bermoqda El Nacional.

Manbaning ma’lumotiga ko‘ra, ingliz klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola 21 yoshli futbolchini Kevin De Bryuyne uchun munosib o‘rinbosar deb hisoblamoqda. Germaniya klubi o‘z futbolchisi uchun 100 million yevrodan ortiq summa kutayotgani ta’kidlanmoqda. Yanvar oyida Simons «PSJ»dan «RB Leypsig»ga 80 million yevro evaziga ko‘chib o‘tgan edi.

Shuningdek, Gvardiola yarim himoyada avlodlar almashuvini boshqarib bora oladigan futbolchini izlayotgani va Simons bu vazifaga ideal nomzod ekani aytilmoqda. Uning Bundesligadagi kuchli o‘sishi, texnik mahorati, o‘yinni ko‘ra olish qobiliyati va maydonning so‘nggi uchdan bir qismida vaziyatni o‘zgartirish mahoratlari murabbiyni o‘ziga jalb qilgan.

Garchi Simons yaqindagina sotib olingan bo‘lsa-da, «Leypsig» katta moliyaviy daromad olish imkoniyati tufayli uni sotishga rozi bo‘lishi mumkin.

Joriy mavsumda Xavi Simons klub darajasida 18 ta o‘yin o‘tkazib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma amalga oshirgan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 80 million yevro deb baholamoqda.

Avvalroq, Kevin De Bryuyne klubini tark etib, Saudiya Arabistoniga yo‘l olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 11:00, 10.02.2025.
O'qildi: 6461 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.