Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Vinisiusning agenti "PSJ" bilan norasmiy muzokaralarni boshladi

Vinisiusning agenti "PSJ" bilan norasmiy muzokaralarni boshladi

Baho:
+ | -

Madridning "Real" klubi vingeri Vinisius Juniorning agentlari "PSJ" bilan braziliyalik futbolchining Fransiya grandiga o‘tishi borasida norasmiy muzokaralar boshlashdi. Bu haqda jurnalist Sasha Tavalyeriga tayanib, Sport.es xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Vinisius "Qirollik klubi" bilan yangi shartnoma bo‘yicha maoshini oshirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmasa, "PSJ"ga o‘tish variantini ko‘rib chiqishi mumkin. Ta’kidlanishicha, bu muzokaralardan 24 yoshli hujumchi jamoasi "Real"ga bosim o‘tkazish uchun foydalanishi mumkin.

Avvalroq OAVda Vinisius "Los-Blankos"ning mehnat shartnomasini uzaytirish haqidagi birinchi taklifini rad etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Ta’kidlanishicha, futbolchi hozirda bonuslarni hisobga olgan holda yiliga 15 million yevro ishlab oladi, biroq Vinisius atrofidagilar uning maoshi yuqoriroq bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda.

Kiritildi: 19:27, 11.02.2025.
O'qildi: 1904 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик