Kataloniyaning "Barselona" klubi joriy mavsumda raqiblarini o‘yindan tashqari holatda qoldirish bo‘yicha yaqqol peshqadam bo‘lib turibdi.
"Ko‘k-anorranglilar" shu vaqtgacha jami 201 marta raqiblarini ofsaydda qoldirgan. Bu borada ikkinchi o‘rinda "Tottenxem" - 101 ta ofsayd. "Liverpul" kichik farq bilan ortda qolgan holda uchinchi o‘rinni egallab turibdi - 97 ta ofsayd.













