Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/03 18:00 Real Sosyedad 2-1 Valyadolid
29/03 18:30 Nasaf 0-0 Neftchi
29/03 19:00 Venetsiya 0-1 Bolonya
29/03 19:00 Komo 1-1 Empoli
29/03 20:00 Mash’al 1-0 So‘g‘diyona
29/03 20:15 Espanyol 1-1 Atletiko
29/03 20:30 Paxtakor 0-1 Dinamo
29/03 22:00 Yuventus 1-0 Jenoa
29/03 22:30 Alaves 0-2 Rayo Valyekano
30/03 00:45 Lechche 0-1 Roma
30/03 01:00 Real Madrid 3-2 Leganes
30/03 15:30 Kalyari - Monsa
30/03 17:00 Xetafe - Vilyarreal
30/03 18:00 Fiorentina - Atalanta
30/03 19:15 Barselona - Jirona
30/03 21:00 Inter - Udineze
30/03 21:30 Valensiya - Malyorka
30/03 21:30 Atletik Bilbao - Osasuna
30/03 23:45 Napoli - Milan
31/03 00:00 Betis - Sevilya
31/03 21:30 Verona - Parma
31/03 23:45 Lasio - Torino
01/04 00:00 Selta - Las-Palmas

«Andijon»ning ertangi raqiblari haqida

«Andijon»ning ertangi raqiblari haqida

Baho:
+ | -

Oldin xabar berib o‘tganimizdek, ertaga, 13 fevral sanasida «Andijon» yana ikkita o‘yinda maydonga tushadi.

Dastlab Chexiyaning «Zlin» va so‘ngra Qozog‘istonning «Shaxtyor» jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Bu safar ham bo‘lajak raqiblarimiz haqida sizlarga ma’lumotlarni taqdim etamiz.

Chexiyaning «Zlin» klubi yana bir yaxshi saviyadagi sparring-raqiblarimizdan biridir. 1919 yilda asos solingan mazkur jamoa ayni paytda Chexiya xalq ligasi (bizning pro ligamiz kabi)da ishtirok etmoqda. 16 ta klub qatnashayotgan musobaqada hozircha 16 ta jamoa orasida 16 o‘yindan so‘ng 12 g‘alaba, 4 durang va mag‘lubiyatsiz odimlab (to‘plar nisbati 24\5), 40 ochko bilan mutlaq peshqadam bo‘lib turibdi.

Jamoa o‘tgan yili kuchlilar orasini tark etganiga qaramay, bu yil katta ishtiyoq bilan kurashmoqda va o‘z joyiga qaytishni maqsad qilgan.

«Zlin» klubi xuddi «Andijon» singari shahar nomi bilan ataladi. Zlin shahridagi «Letna» stadioni klubning uy arenasi hisoblanadi va o‘z bag‘riga 5898 muxlisni sig‘diradi.

Klubga 49 yoshli mahalliy mutaxassis Bronislav Chervenka bosh murabbiylik qilmoqda. Hozirgacha «Zlin» ushbu murabbiy qo‘li ostida 19 ta o‘yinda qatnashib, 15 g‘alaba va 4 durang qayd etib, hali mag‘lubiyatga uchragani yo‘q.

Jamoani oldinda Chexiya Kubogi 1\8 finalida mamlakat yetakchilaridan biri “Viktoriya Plzen”ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Chempionatning 17-turini esa 3 mart sanasida o‘tkazadi. Shuningdek, 2016\17 yilgi mavsumda «Zlin» Chexiya Kubogini yutgan.

«Zlin» tarkibidagi eng qimmat futbolchi 22 yoshli yarim himoyachi David Tkach hisoblanadi. «Transfermarkt»da uning narxi 350 ming yevro sifatida baholangan. Tarkibda Kamerun, Sloveniya, Gruziya, Serbiya, Senegal va Nigeriyadan kelgan legionerlar to‘p surishmoqda.

Bungacha «Zlin» Antaliya yig‘ini doirasida Ukrainaning «Obolon» klubiga 0:1 hisobida yutqazdi va ikkinchi bahsda Shveysariyaning «Ditikon» jamoasini 3:0 hisobida taslim qildi.

Darvoqe, jamoamiz a’zosi Mirzad Mexanovich o‘z vaqtida «Zlin» tarkibida to‘p surgan.

Jamoaning ikkinchi raqibi hisoblangan «Shaxtyor» haminqadar o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish. Klub o‘tgan yili elitada oxirgi o‘rinni band etib, birinchi divizionga tushib ketdi.

Qarag‘andaning «Shaxtyor» klubiga 1957 yilning 30 noyabr sanasida asos solingan. Jamoa hozirda yangi mavsum uchun Antaliyada yig‘in o‘tkazmoqda va bu 4-24 fevral kunlarini o‘z ichiga oladi.

«Shaxtyor» klubi uy o‘yinlarini Qarag‘andadagi «Shaxtyor» markaziy stadionida o‘tkazib keladi va o‘z bag‘riga 19500 muxlisni sig‘dira oladi.

Klubda 4 ta sovrin bor. 2011 va 2012 yillari Qozog‘iston chempionligini qo‘lga kiritgan. 2013 yili esa Qozog‘iston Kubogini yutgan hamda yana 2013 yili mamlakat Superkubogi sohibiga aylangan. Qolaversa, jamoaning muvaffaqiyatlarida «Andijon»ning sobiq ustozi Viktor Kumikovning hissasi bo‘lib, uning boshchiligida «Shaxtyor» o‘z tarixidagi eng yaxshi muvaffaqiyatli davrni o‘tkazgan.

«Shaxtyor» tarkibida eng qimmat futbolchi darvozabon Igor Shaskix hisoblanadi. 35 yoshli posbon «Transfermakrt»da 450 ming yevroga baholangan.

«Shaxtyor» klubini chexiyalik taniqli mutaxassislardan biri, sobiq futbolchi Irji Yaroshik boshqarmoqda. Ammo rasmiy xujjatlarda Andrey Finonochenko bosh murabbiy sifatida ko‘rsatilgan. Sababi, Qozog‘iston birinchi divizionida xorijlik mutaxassisning bosh murabbiy bo‘lib ishlashi mumkin emas.

Eslatib o‘tamiz, «Andijon» 13 fevral kuni dastlab «Zlin»ga qarshi maydonga tushadi va ushbu uchrashuv «SB» arenasida Toshkent vaqti bilan 13:30 da boshlanadi (Antaliya vaqtiga 11:30). Ikkinchi o‘yinda esa «Burgutlar» «Titanik» maydonida «Shaxtyor» bilan bahs olib boradi va bu o‘yin Toshkent vaqti bilan 19:00 ga belgilangan (Antaliya vaqtiga 17:00).

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 23:23, 12.02.2025.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.
MyCounter - счётчик и статистика

Топ рейтинг www.uz