Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta
29/01 11:00 Livan 0-2 Vyetnam
29/01 13:00 Janubiy Koreya 2-3 Iroq
29/01 15:00 Kuvayt 1-6 Tailand
29/01 17:00 Qirg‘iziston - Indoneziya
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni - Eron
30/01 13:00 Avstraliya - O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya - Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston - Yaponiya
31/01 00:45 Lasio - Jenoa
31/01 01:00 Espanyol - Alaves
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem

Chexiya klubi «Andijon» haqida maqola e’lon qildi

Chexiya klubi «Andijon» haqida maqola e’lon qildi

Baho:
+ | -

Ma’lumki, «Andijon» klubi 13 fevral sanasida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi va dastlabki bahs Chexiyaning «Zlin» jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.

O‘z navbatida «Zlin» ham bo‘lajak o‘yinga tayyorlanmoqda va klub matbuot xizmati mazkur uchrashuv oldidan "Andijon" haqida ma’lumot taqdim etgan. Unda jumladan shunday yozilgan:

“Oldinda jamoamizni Turkiyadagi so‘nggi o‘yin kutib turibdi. Ukrainaning «Obolon»i (0:1) bilan ilk uchrashuv va seshanba kuni Shveysariyaning «Ditikon» (3:0) jamoasiga qarshi o‘yindan so‘ng, payshanba kuni O‘zbekistonning «Andijon» jamoasi bilan uchrashamiz. Shu kuni O‘rta yer dengizi sohilida qiziqarli to‘qnashuv bo‘lib o‘tadi.

Jamoamiz uchun bu Chexiyaga qaytish oldidan so‘nggi sinov bo‘ladi – noma’lum raqib bilan navbatdagi jang.

“Bu biz uchun yig‘inning eng muhim voqeasi bo‘ladi. Yigitlar 100 foiz tayyor bo‘lishi uchun kuchlarimizni taqsimladik. Bizda raqib haqida aytarli ma’lumot yo‘q. Faqat biz uning chempionatdagi o‘yinining bir qismini ko‘rdik. Bu shubhasiz sifatli jamoa bo‘ladi. Faqat payshanba kungi o‘yin uning holatini ko‘rsatadi”, - deydi «Zlin» yordamchi murabbiyi Ivo Svetlik.

Shuningdek, «Zlin» matbuot xizmati jamoamiz haqida to‘xtalar ekan, yana quyidagilarni davom ettirdi:

«Andijon» FK Andijon viloyatining ma’muriy, iqtisodiy va madaniy markazi hisoblanadigan Andijon shahrida joylashgan. U Farg‘ona vodiysining janubi-sharqidagi va Qirg‘iziston bilan chegaradosh bo‘lgan viloyatdir.

Andijon mintaqaning eng qadimgi shaharlaridan biri. «Andijon» FK 1964 yili «Spartak» nomi ostida tashkil etilgan, bugungi nomi ostida 1997 yildan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Jamoa bahor-kuz tizimida o‘tkazib kelinadigan o‘zbek Superligasida qatnashib kelmoqda. Jamoa sig‘imi 18360 tomoshabinga mo‘ljallangan “Bobur Arena”da uy o‘yinlarini o‘tkazib keladi.

O‘tgan yil oktyabr oyida klub o‘zi uchun ilk sovrin - O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi va mavsumni 9-o‘rinda tamomladi. O‘zbekiston Kubogi sohibi sifatida «Andijon» 2025/26 mavsum OCHLda debyutini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Qishki yig‘inda «Andijon» bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazdi. Polshaning “LKS Lodz” klubi bilan 0:0 o‘ynadi. Ukrainaning «Vorskla» jamoasi 4:3 hisobida mag‘lub etildi. Bosniya “Boras Banya-Luka”siga 0:1 hisobida yutqazdi va Norvegiyaning «Raufoss» jamoasi bilan uchrashuvda 0:2 hisobi qayd etildi. Endi esa biz bilan o‘ynashadi.

Jamoaning asosiy futbolchilarini o‘zbekistonlik o‘yinchilar tashkil etishadi va legionerlari ham bor. Jamoaga bu yil chernogoriyalik Miomir Jurichkovich va Luka Uskokovich, shuningdek, «Zlin»ning sobiq futbolchisi Mirzad Mexanovich, rossiyalik Islam Mashukov hamda Kosovodan Altin Kreziular bor”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, «Andijon» – «Zlin» o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 13:30 (Antaliya vaqtiga 11:30) da boshlansa, ikkinchi uchrashuv Qozog‘istonning «Shaxtyor»i bilan Toshkent vaqti bilan soat 19:00 (Antaliya vaqtiga 17:00)da start oladi.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 09:12, 13.02.2025.
O'qildi: 3151 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.