Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Hakamlarimiz Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi

Hakamlarimiz Turkiyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi

Baho:
+ | -

12 fevral kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasi huzuridagi Hakamlar markazi tomonidan Turkiyada bosh hakam va yordamchi hakamlar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini boshlandi.

Yig‘in davomida hakamlarimiz Ruminiya, Ukraina, Gruziya, Moldova kabi davlatlarning jamoalari ishtirokidagi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini boshqarib borishadi. Bu esa ularning tajribasini oshirish hamda maydonda ishonchli boshqaruvni ta’minlashga xizmat qiladi.

Mazkur yig‘inning asosiy maqsadi – 2025-yilgi Superliga va O‘zbekiston kubogi uchrashuvlarida hakamlarning yanada samarali faoliyat olib borishini ta’minlashdan iborat.

Eslatib o‘tamiz, hakamlar uchun tashkil etilgan mazkur yig‘in 24 fevralga qadar davom etadi.

Kiritildi: 17:26, 13.02.2025.
O'qildi: 699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик