L’Equipe jurnalisti Erve Peno “Tuluza” ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin (1:0) fransuz tilida intervyu bergan “PSJ” darvozaboni Matvey Safonov haqida gapirdi.
"Men hatto uning talaffuziga qoyil qoldim. Matvey hali ham so‘z boyligi ustida ishlashi kerak, lekin u allaqachon juda yaxshi kayfiyatda.
Fransuz tili rus tilidan juda farq qilishini tushunish kerak", deya Penoning so‘zlarini keltiradi "RB Sport" portali.













