Jud Bellingem La Ligada 2 ta o‘yinga diskvalifikasiya qilindi.
"Real" yarim himoyachisi La Liga 24-turi doirasidagi "Osasuna" - "Real" (1:1) uchrashuvining birinchi bo‘limida hakamga gapirgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi. Bu haqda o‘yin bosh hakami Xose Munuera Montero bayonnomada yozgan.
«Marca» xabariga ko‘ra, Musobaqalar qo‘mitasi Bellingemning so‘zlarini hakamga nisbatan hurmatsizlik deb baholab, uni La Liganing 2 ta o‘yiniga diskvalifikasiya qilishga qaror qilgan.
Ingliz "Jirona" va "Betis" bilan o‘yinlarni o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.