Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 0-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 4-0 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 0-0 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Rafael Varan «Real» va «Manchester Yunayted» klublaridagi boshqaruv tizimini solishtirdi

Rafael Varan «Real» va «Manchester Yunayted» klublaridagi boshqaruv tizimini solishtirdi

Baho:
+ | -

«Real Madrid» va «Manchester Yunayted» jamoalarida o‘ynagan sobiq markaziy himoyachi Rafael Varan ikki klubning boshqaruv tizimidagi asosiy farqlar haqida gapirdi.

«Hatto o‘yinchi sifatida ham barchasi qanday ishlashini aniq tushunish mumkin emas edi. Ko‘p yillar davomida aniq metodologiya mavjud bo‘lmadi. «Real»da klubning har bir darajasida muayyan ish yuritish tartibi bor. Ammo «Manchester Yunayted»da futbolchilarni qanday jalb qilish, qanday o‘ynash, qanday muloqot qilish borasida aniq yo‘nalishlar yo‘q edi. Bir xil jarayonlar, tizim va tuzilma mavjud emas edi.

Bu bitta insonning aybi emas. Muammo shundaki, biz xatoni kimdan izlashni ham bilmasdik. Masala butun klub tuzilmasida edi. Qarorlarni qabul qilish jarayoniga juda ko‘p odamlar jalb qilingan, shuning uchun biz aslida kim qaror qabul qilayotganini ham bilmasdik. Mas’uliyat kimda ekanligini aniq ayta olmayman, chunki bu barchaga oz-ozdan, biroq hech kimga to‘liq tegishli emas edi», — deya Varanning so‘zlarini keltiradi New York Times.

Manba: championat.com
Kiritildi: 21:29, 19.02.2025.
O'qildi: 1981 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик