"Aston Villa" va "Liverpul" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv oldidan qiziqarli fakt yuzaga keldi.
Xullas, “katta oltilik” klublari ichida “Liverpul”ga qarshi o‘yinda eng ko‘p gol urgan futbolchi Reshford hisoblanadi.
Markus "qizillar" darvozasiga 7 ta gol urgan.
Qizig‘i shundaki, angliyalik futbolchi "Arsenal", "Chelsi", "Manchester Siti" va "Tottenxem"ga qarshi bir xil - oltitadan gol urgan.
Eslatib o‘tamiz, shu qishda Reshford «Manchester Yunayted»dan ijara asosida «Aston Villa»ga o‘tgan edi.













