"Inter" yarim himoyachisi Davide Frattezi "Roma" qiziqishlari doirasida qolmoqda.
25 yoshli futbolchi kamdan-kam hollarda asosiy tarkibda maydonga tushmoqda.
"Roma" Fratteziga jiddiy qiziqish bildirgan, ammo biz u bilan bo‘lgan uchrashuvimiz davomida uning "Inter"da kelajagi borligini aniq aytdik.
Mavsum yakunlanganidan keyin yana gaplashamiz, ammo men Davide "Inter"da uzoq vaqt qolishiga ishonmoqchiman", dedi "neradzurrilar"ning sport direktori Piyero Ausilio.













