"Arsenal" bugun o‘z muxlislarini xafa qildi. Mikel Arteta shogirdlari o‘z maydonida "Vest Xem"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Bugungi mag‘lubiyatdan so‘ng "kanonirlar"ning APLdagi 15 ta o‘yindagi mag‘lubiyatsiz seriyasi (10 g‘alaba, 5 durang) to‘xtatildi. Oxirgi marta "Arsenal" Angliya chempionatida 2 noyabr kuni "Nyukasl" mehmoni bo‘lib (0:1) mag‘lub bo‘lgan edi. O‘z maydonidagi so‘nggi mag‘lubiyat 2024 yilning aprelida ro‘y bergandi, o‘shanda "kanonirlar" "Aston Villa"ga (0:2) mag‘lub bo‘lgan edi.