"Las-Palmas" himoyachisi Aleks Suares "Barselona" yarim himoyachisi Dani Olmoning o‘yinini e’tirof etdi.
Ispaniya chempionatining shanba kungi bahsida "ko‘k-anorranglilar" 2:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 62-daqiqasida hisobni aynan ikkinchi bo‘lim boshlanishi arafasida zaxiradan maydonga tushgan Olmo ochdi. O‘yin oxirida Ferran Torres nuqta qo‘ydi.
"Olmo maydonga tushib, o‘yinni o‘zgartirdi, - deya Suaresning so‘zlarini keltiradi "Managing Barca". - U bizning tizimimizni buzdi. Biz hayron qoldik," - deydi "Las-Palmas"ning 31 yoshli futbolchisi.













