Myunxenning "Bavariya" klubi markaziy hujumchisi Xarri Keyn Germaniya chempionatining 23-turidan o‘rin olgan "Ayntraxt"ga qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
Uchrashuv 4:0 hisobida yakunlandi.
"Biz ajoyib o‘yin o‘tkazdik. Bizda har bir uchrashuvda ko‘plab vaziyatlar yaratadigan ajoyib hujum chizig‘i bor. Ushbu bahsda "Bavariya" ajoyib holatda ekanligini ko‘rsatdi. Agar shu ruhda davom etsak, bunday bosimga kamdan-kam klub dosh bera oladi," - deya hujumchining so‘zlarini keltiradi ESPN.













