Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga 26 fevral kuni qur’a tashlanadi

O‘zbekiston kubogi guruh bosqichiga 26 fevral kuni qur’a tashlanadi

Baho:
+ | -

O‘tgan yillarda bo‘lgani kabi guruh bosqichida 32 ta jamoa ishtirok etadi va ular 8 ta guruhga ajratib olinadi. Har bir guruhdan 2 tadan eng yaxshi jamoa 1/8 final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Superliga va Proliganing jami 22 ta klubidan tashqari o‘tgan mavsumni Birinchi ligada muvaffaqiyatli o‘tkazgan Sementchi va Zomin jamoalari guruh bosqichida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etadi. Birinchi liganing yana sakkiz ishtirokchisi esa saralash bosqichida to‘p tepadi. Qayd etish kerak, "Sementchi" o‘tgan mavsum birinchilikning sharqiy mintaqasini peshqadam sifatida yakunlagan, "Zomin" esa o‘z mintaqasida uchinchi bo‘lgan. Undan teparoqda bo‘lgan "Nasaf Farm" kubokda ishtirok etmaydi. "Jayxun" Proliga a’zosi sifatida musobaqaga qo‘shiladi.

Saralashning ehtimoliy sakkiz g‘olibi qur’a oldidan barcha guruhlarga sochib yuboriladi va ular guruh bosqichida o‘zaro raqib bo‘lmaydi. Ya’ni, ularning har birida tajriba to‘plash uchun kattaroq jamoalarga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etish imkoniyati bo‘ladi. Shuningdek, Birinchi liganing mazkur sakkiz klubi ikki safar uchrashuvida ishtirok etadi va faqatgina 1 ta raqibni — guruhning birinchi jamoasini o‘z maydonida qabul qiladi.

Guruh bosqichida ikki jamoaning o‘zaro kelishib, uchrashuvni raqib maydoniga ko‘chirishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Stadioni tayyor bo‘lmagan jamoaga reglament bandidan kelib chiqib, texnik mag‘lubiyat yoziladi. Liga bu bilan biror kattaroq klubning Birinchi liga jamoasi maydoniga safar etishini ta’minlashni maqsad qilgan. Shundan kelib chiqib, har guruhning birinchi raqamli jamoasi sun’iy yoki sharoiti jihatidan u qadar yaxshi bo‘lmagan maydonga safar uyushtirishiga to‘g‘ri keladi. Mazkur qadam kichik futbol o‘yingohlariga jamoatchilik e’tiborini qaratish uchun muhimdir.

Qolgan 24 ta klub hech qanday savatlarga ajratilmaydi. O‘tgan yillarda bo‘lgani kabi qur’a kim uchundir omadli va yana kimgadir murakkab kelishi mumkin. Bir yil avval H guruhi "Navbahor", "Andijon", "Dinamo" va "Nasaf" klublarini o‘zida jamlagan bo‘lib, keyinchalik ularning 2 tasi finalga qadar yetib borgandi. Teletranslyasiyalar va jamoatchilik e’tiboridan kelib chiqib, aynan shu guruhdagi bellashuvlar kubok musobaqasini ochib bergani sir emas.

Qur’a marosimi 26 fevral kuni 19:00 da start oladi va u Futbol TV hamda Liga rasmiy sahifalari orqali jonli efirga olib chiqiladi.

Kiritildi: 16:04, 24.02.2025.
O'qildi: 1293 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.