Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

La liga. Lamin Yamal fevral oyining 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisi deb topildi

La liga. Lamin Yamal fevral oyining 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Baho:
+ | -

"Barselona" hujumchisi Lamin Yamal Ispaniya chempionatining fevral oyidagi 23 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi o‘yinchisi deb tanlandi. Bu mukofot La Liga va Riyadh Season hamkorligida topshirildi.

Uning mahorati, tezligi va o‘yinni ko‘rish qobiliyati Xansi Flik jamoasiga bu oyda musobaqada mukammal natija qayd etishga yordam berdi va ularni turnir jadvalida yetakchilikka olib chiqdi.  

Atigi 17 yoshda bo‘lishiga qaramay, Lamin Yamal "Barselona" safidagi eng xavfli hujumchi hisoblanadi. "Barsa" fevral oyida maksimal 12 ochko to‘pladi. U o‘zining hayratlanarli o‘yin uslubi bilan "Deportivo Alaves"ga qarshi bahsda 21 marta dribling qilgan bo‘lsa, ularning 11 tasini muvaffaqiyatli bajardi. Bu natija orqali u Lionel Messining La liganing bir uchrashuvida 10 muvaffaqiyatli dribling rekordini ortda qoldirdi. Shuningdek, u "Las Palmas"ga qarshi bahsda (2:0) jamoasining birinchi goliga assistentlik qildi.

"Barselona"ning 19-raqamli o‘yinchisi ushbu mavsumda ikkinchi marta ushbu sovrinni qo‘lga kiritdi. Yakuniy ovoz berishda u Xavi Gerra ("Valensiya"), Uche ("Xetafe"), Xavi Rodiges ("Selta") va Jezus Rodriges ("Betis") kabi raqiblarini ortda qoldirdi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:20, 25.02.2025.
O'qildi: 1344 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.