"Chelsi"ning hujumkor yarim himoyachisi Koul Palmer APL doirasida "Sautgempton" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng (4:0) fikr bildirdi.
Enso Mareska jamoasi chempionat autsayderi bilan uchrashuvda jiddiy muammoga duch kelmadi, biroq Palmer yana hech qanday samarali harakatlarsiz qoldi – u ketma-ket yetti uchrashuvda gol ura olmadi va assistentlik ham qilmadi.
"Yaxshi bolalar, uch ochkoga haqli edik. Havotir olmang, men qaytaman", - deb yozdi 22 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqda.













