Pirs Morgan "Arsenal"ning yana bir ochko yo‘qotishiga "jinnilik" so‘zi bilan javob qaytardi.
"Nottingem Forest" o‘z maydonida APLning 27-turida "Arsenal" bilan durang o‘ynadi (0:0).
Londonliklar so‘nggi to‘rtta o‘yindan faqat bittasida g‘alaba qozonishdi va jadvalda hozirda "Liverpul"dan 10 ochko ortda qolmoqda.
"Jinnilik. Hujumchi yo‘qligi mavsumimizni barbod qildi," - deb yozadi teleboshlovchi va "Arsenal" muxlisi Morgan.













