Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor 3-1 OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad 2-0 Levante
04/04 18:00 Qizilqum 0-4 Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo 2-1 Kalyari
04/04 19:15 Surxon 3-1 Buxoro
04/04 19:15 Malyorka 2-1 Real Madrid
04/04 21:00 Verona 0-1 Fiorentina
04/04 21:30 Betis 0-0 Espanyol
04/04 23:45 Lasio 1-1 Parma
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna
06/04 15:30 Udineze - Komo
06/04 18:00 Lechche - Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal

Vinisius rekord summa evaziga Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkin

Vinisius rekord summa evaziga Saudiya Arabistoni klubiga o‘tishi mumkin

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistonining bir qancha klubi vakillari “Real” hujumchisi Vinisius Juniorni o‘z safiga qo‘shib olish rejasidan qaytmagan. The Telegraph nashrining xabariga ko‘ra, braziliyalik futbolchi Saudiya jamoalari uchun asosiy transfer maqsadlaridan biri bo‘lib turibdi va muzokaralar allaqachon boshlangan.

Vinisius Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi tomonidan boshqariladigan klublardan biriga o‘tishi mumkin. Bular “Al-Hilol, “Al-Ahli”, “An-Nassr” va “Al-Ittihod” jamoalari hisoblanadi. Uning transferi taxminan 242 million yevroga baholanmoqda. Agar kelishuv amalga oshsa, bu futbol tarixidagi eng qimmat transferga aylanadi. Hozirgi rekord Neymarga tegishli bo‘lib, u 2017 yilda “Barselona”dan “PSJ” ga 222 million yevroga transfer qilingan edi.

Madrid klubi Vinisiusni qo‘yib yuborishni istamayapti, lekin futbolchining o‘zi rozilik bersa, bitim amalga oshishi mumkin. Sababi “Real” rahbariyati braziliyalik yulduzning narxi vaqt o‘tishi bilan pasayib borishini tushunib turibdi. Uning “qaymoqranglilar” bilan tuzilgan shartnomasi 2027 yilning yozigacha mo‘ljallangan.

Ma’lumot o‘rnida Vinisius joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 29 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 marta raqiblar darvozasini ishg‘ol qilgan hamda 8 bor assist muallifiga aylangan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 16:10, 27.02.2025.
O'qildi: 4019 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик