"Barselona" rahbariyati darvozabon Voysex Shesni bilan yangi shartnoma imzolamoqchi.
«SPORT» xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deku 34 yoshli polyakka 2025 yilning yozida yakunlanadigan shartnomasini yana 1 yilga uzaytirishni taklif qiladi.
Asosiy darvozabon Mark Andre ter Shtegen safga qaytgan taqdirda Voysex ikkinchi darvozabonga aylanadi.













