"Barselona" qishda hujumchi Markus Reshfordga qiziqish bildirgandi, buni "ko‘k-anorranglilar" sport direktori Deku ham tasdiqlagandi. Biroq, ingliz vingeri "Manchester Yunayted"dan Kataloniya klubiga bormadi - u "Aston Villa"ga ijaraga ketdi.
Transfer News Live nashrining Football Insider'ga tayanib xabar berishicha, "Barselona" yozda Reshford variantiga qaytishni rejalashtirmoqda. Biroq "ko‘k-anorranglilar" raqobatga duch kelishadi. Markusga "Bavariya" ham qiziqmoqda. Bundan tashqari, "Aston Villa" hujumchini doimiy ravishda o‘z safida saqlab qolmoqchi.













