Kecha Fransiya chempionati 24-turidan o‘rin olgan "Lion" - "Brest" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bahsda mezbonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
O‘yin yakunida "Lion" bosh murabbiyi Paulu Fonseka uchrashuv bosh hakami Benua Milloga jiddiy ravishda e’tiroz bildirgani uchun maydondan chetlatilgandi.
Xabarlarga ko‘ra, 53 yoshli mutaxassis ushbu harakatlari sabab 7 oyga futboldan chetlatilishi mumkin.













