Kataloniyaning "Barselona" klubi yozda chap qanot hujumini kuchaytirmoqchi.
«Mundo Deportivo» xabariga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" rahbariyati Luis Dias va Rafael Leau Xans-Diter Flik tizimida Neymardan ko‘ra ko‘proq o‘ringa ega bo‘lishi mumkin, deb hisoblaydi.
Avvalroq, 32 yoshli braziliyalik yulduz Kataloniyaga qaytish uchun maoshini sezilarli darajada pasaytirishga rozi ekanligi xabar qilingandi.













