"Arsenal"ga qarshi o‘yinda tanaffusda Leni Yoro zaxiraga olindi.
"Manchester Yunayted" himoyachisi APL 28-turini asosiy tarkibda boshladi, ammo birinchi bo‘limda jarohat olib, ikkinchi bo‘limda maydonga tusha olmadi.
Uning o‘rniga 18 yoshli Eyden Xeven paydo bo‘ldi. Angliyalik futbolchi Angliya chempionatida debyut o‘yinini o‘tkazdi.













