Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Al-Qodisiya" darvozaboni Kurtuaning terma jamoaga qaytishini tanqid qildi

"Al-Qodisiya" darvozaboni Kurtuaning terma jamoaga qaytishini tanqid qildi

Baho:
+ | -

“Al-Qodisiya” darvozaboni Kun Kastels “Real”dagi hamkasbi Tibo Kurtuaning Belgiya terma jamoasiga qaytish qarorini tanqid qildi.

"Birinchidan, Kurtuaning o‘zi qaytishga qaror qilgani menga g‘alati tuyuldi. Federasiyamiz buni qabul qilib, fikrini o‘zgartirgani ham g‘alati. Men barcha futbolchilar teng ekanligiga, hech kim jamoadan yuqori bo‘lolmasligiga ishonaman. Biroq federasiya shunchaki uning uchun qizil gilam yoyib chiqdi.

Yaqinda men uning Tedeskoni ishdan bo‘shatish haqida gapirganini eshitdim. Men uchun bu Domenikoning haq ekanligini isbotlaydi. Kurtua o‘zini aybdor his qilmasligi aniq. Menimcha, bu jamoaviy sport turlarida zarur deb hisoblagan standartlar va qadriyatlarga javob bermaydi. Va men bunday xatti-harakatni ma’qullaydigan federasiyaning a’zosi bo‘la olmayman.

Bugundan boshlab terma jamoada o‘ynay olmayman. Shunchaki, qalbim xotirjam, vijdonim bilan terma jamoaga bora olmayman. Ko‘pgina futbolchilar ham sodir bo‘lgan voqeaga qo‘shilmaydi. Qiziq, nima deyishadi. Men shunchaki Tedesko va Kurtua bilan bog‘liq vaziyat haqida gapirmayapman. Meni xafa qilgan boshqa narsalar ham bor", dedi Kastels.

Kiritildi: 07:49, 10.03.2025.
O'qildi: 1987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик