Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 16:30 Yaponiya 5-0 Suriya
07/01 16:30 Janubiy Koreya 0-0 Eron
07/01 19:00 O‘zbekiston 3-2 Livan
07/01 21:30 Qatar 0-2 BAA
07/01 22:30 Bolonya 0-2 Atalanta
07/01 22:30 Napoli 2-2 Verona
08/01 00:30 Bornmut 3-2 Tottenhem
08/01 00:30 Brentford 3-0 Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas 0-0 Aston Villa
08/01 00:30 Everton 1-1 Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem 2-1 Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti 1-1 Brayton
08/01 00:45 Parma 0-2 Inter
08/01 00:45 Torino 1-2 Udineze
08/01 00:45 Lasio 2-2 Fiorentina
08/01 01:15 Byornli 2-2 Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl 4-3 Lids
08/01 16:30 Avstraliya - Tailand
08/01 19:00 Iroq - Xitoy
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari
09/01 00:45 Milan - Jenoa
09/01 01:00 Arsenal - Liverpul
09/01 19:00 Qirg‘iziston - Vyetnam
09/01 21:30 Iordaniya - Saudiya Arabistoni

Ronaldu Braziliya futbol konfederasiyasi prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi

Ronaldu Braziliya futbol konfederasiyasi prezidenti lavozimiga nomzodini qo‘yishdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Braziliya terma jamoasi tarkibida ikki karra jahon chempioni bo‘lgan Ronaldo Braziliya futbol konfederasiyasi prezidenti lavozimi uchun kurashmaslikka qaror qilganini aytdi.

"Keyingi saylovlarda Braziliya futbol konfederasiyasi prezidenti lavozimiga nomzodimni qo‘yish niyatim haqida jamoatchilikka e’lon qilganimdan so‘ng, rasman bu qarorimdan voz kechayotganimni ma’lum qilaman. Agar qaror qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan aksariyat insonlar Braziliya futboli ishonchli qo‘llarda deb hisoblashsa, mening fikrim ahamiyatsiz.

Agar saylanganimda, birinchi qadamlarim klublarga ovoz berish huquqini berish va shtatlarda futbolni rivojlantirish uchun mahalliy federasiyalar fikriga ko‘proq e’tibor qaratish bo‘lardi. 27 ta federasiya bilan dastlabki muloqotimda 23 ta yopiq eshikka duch keldim. Federasiyalar men bilan uchrashishdan bosh tortdi va ular amaldagi ma’muriyatdan mamnun ekanliklarini bildirdi. Men o‘z loyihamni taqdim etish, g‘oyalarim bilan o‘rtoqlashish va ularni o‘zim istagan tarzda tushuntirish imkoniyatiga ega bo‘lmadim. Ko‘pchilik rahbarlar amaldagi prezidentni qo‘llab-quvvatlamoqda, bu – ularning huquqi va men uni hurmat qilaman. Men tashabbusimga qiziqish bildirganlarning barchasiga minnatdorchilik bildiraman va Braziliya futbolini rivojlantirish yo‘li muloqot, shaffoflik va birdamlikdan iborat, deb ishonishda davom etaman", — deb yozgan Ronaldu o‘z ijtimoiy tarmoq sahifasida.

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldo faoliyati davomida «Kruzeyro», PSV, «Barselona», «Inter», «Real», «Milan» va «Korintians» jamoalarida to‘p surgan. U 2011 yilda professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Jami karyerasi davomida braziliyalik hujumchi 735 ta o‘yinda maydonga tushib, 512 ta gol urgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 23:44, 12.03.2025.
O'qildi: 1628 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.