Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

Smolov — Ronaldu va ten Xag mojarosi haqida: «Krishtianuga bunday muomala qilish kerak emas edi»

Smolov — Ronaldu va ten Xag mojarosi haqida: «Krishtianuga bunday muomala qilish kerak emas edi»

Baho:
+1 | -

«Krasnodar» hujumchisi Fyodor Smolov «An-Nasr» klubi forvardi Krishtianu Ronaldu va «Manchester Yunayted»ning sobiq bosh murabbiyi Erik ten Xag o‘rtasidagi mojaro haqida fikr bildirdi.

«Krishtianu – ajoyib va buyuk inson, ammo men uni juda ham kuzatmayman. Lekin, masalan, «Manchester»dagi vaziyatni oladigan bo‘lsak, Krishtianu bilan o‘sha vaqtdagi «Manchester» murabbiyi qanday muomala qilgan bo‘lsa, bunday bo‘lmasligi kerak edi. Gollandiyalik murabbiy, Markaziy Yevropaning vakili – «Menga bu yerda yulduzlar kerak emas, chunki men «Ayaks»da yoshlar bilan ishlashga o‘rganganman, men ularga nimanidir aytsam, ular menga ergashadi» degan fikrga tayanadi. Bu yerda boshqa yondashuv kerak edi. O‘sha vaqtda u bunday yondashuvni topa olmadi», — dedi Smolov Aleksandr Sokolovskiyning YouTube-kanaliga bergan intervyusida.

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:01, 18.03.2025.
O'qildi: 3490 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.