Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal 2-1 Chelsi
06/09 21:00 Bolonya 2-2 Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga 0-0 Levante
06/09 21:30 Alaves 5-2 Osasuna
06/09 23:45 Yuventus 1-1 Milan
07/09 00:00 Espanyol 1-1 Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio
08/09 00:30 Elche - Real Sosyedad

Ravshan Haydarov: «Xitoydagi musobaqa barcha jamoalar uchun foydali bo‘ladi»

Ravshan Haydarov: «Xitoydagi musobaqa barcha jamoalar uchun foydali bo‘ladi»

Baho:
+ | -

O‘zbekiston U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Xitoydagi xalqaro o‘rtoqlik turniri oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi:

“Avvalo, bunday kuchli turnirga bizni taklif etgani uchun Xitoy futbol assosiasiyasiga minnatdorlik bildiraman. Eski raqiblarimiz — Koreya Respublikasi, Vyetnam va Xitoy jamoalarini ham turnirdagi ishtirok bilan tabriklayman. O‘ylaymanki, barcha jamoalar ushbu turnir orqali o‘z sport formalarini yuqori nuqtaga olib chiqa olishadi. Bu musobaqa U-23 Osiyo kubogi, Osiyo o‘yinlari hamda qit’a turniriga saralash uchrashuvlari uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi hamda har bir jamoa uchun foydali bo‘ladi.

Yoshlar va o‘smirlar terma jamoalarimiz so‘nggi vaqtlarda Xitoyning turli yoshdagi jamoalariga qarshi bir qancha uchrashuvlar o‘tkazishdi. Aytishim mumkinki, Xitoy futboli rivojlanishda davom etmoqda. Shuningdek, yosh, iqtidorli va kelajakda yaxshi darajaga erisha oladigan avlod yetishib chiqmoqda”.

Eslatib o‘tamiz, jamoamiz turnirdagi ishtirokini ertaga, 20 mart kuni Xitoyga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Kiritildi: 15:00, 19.03.2025.
O'qildi: 1857 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик