Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Yuventus" APLdan qiziqish fonida o‘z yulduziga narx belgiladi

"Yuventus" APLdan qiziqish fonida o‘z yulduziga narx belgiladi

Baho:
+ | -

"Yuventus" yulduzi Kenan Yildiz mavsumni Tyago Mottaning rejalaridagi asosiy futbolchi sifatida boshladi, ammo agar foydali taklif tushsa, turinliklar uni shu yozdayoq sotishga tayyor bo‘lishi mumkin.

Tyago Motta dastlab 19 yoshli turkiyalik futbolchiga faol ishongan va mavsumning dastlabki oylarida uni muntazam ravishda maydonga tushirgandi. Ammo so‘nggi paytlarda vaziyat o‘zgardi - Yildiz tobora kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmoqda.

Jurnalist Daniele Longoning yozishicha, "Yuventus" Yildizni juda qadrlasa-da, uni daxlsiz deb hisoblamaydi. Ayniqsa, agar jamoa Chempionlar ligasiga chiqa olmasa, bu jiddiy moliyaviy zarba bo‘ladi.

Bir necha hafta oldin Turinga taniqli agent Jorje Mendesh kelgan va u "Yuve" rahbariyati bilan ham, futbolchining oilasi bilan ham uchrashgandi. Ayniqsa, "Aston Villa" turk iste’dodiga qiziqish bildirganidan so‘ng, uning transferi haqida mish-mishlar tarqaldi.

Ma’lum bo‘lishicha, "Yuventus" sport direktori Krishtiano Juntoli futbolchining narxini 75-80 million yevro etib belgilagan.

Kiritildi: 17:42, 19.03.2025.
O'qildi: 1332 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик