"Barselona" vingeri Rafinya Dias jamoaning polshalik forvardi Robert Levandovski haqida fikr bildirdi.
"Levandovski - gol mashinasi, bunga shubha yo‘q. U to‘g‘ri pozisiyani egallashni biladi va "Barselona"dagi uch mavsumda har yili 20 tadan ortiq gol urgani bejiz emas. Bu umuman oson emas," - deya Rafinyadan iqtibos keltiradi Barca Universal.
Joriy mavsumda 36 yoshli Levandovski barcha musobaqalarda o‘tkazgan 40 uchrashuvida raqiblar darvozasini 35 marotaba ishg‘ol qilgan. Bundan tashqari, hujumchida uchta assist mavjud.