Kirish Ro'yxatdan o'tish

Keyn Germaniya terma jamoasi afsonasi bilan tenglashdi

Keyn Germaniya terma jamoasi afsonasi bilan tenglashdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Angliya terma jamoasi safida navbatdagi golini urdi.

31 yoshli forvard JCH-2026 saralash bosqichi 2-turidan o‘rin olgan Latviya (3:0) darvozasini ishg‘ol qildi. Hozirda Keyn "uch sherlar" safida 71 ta gol urgan - u terma jamoadagi gollari soni bo‘yicha mashhur germaniyalik sobiq futbolchi Miroslav Kloze bilan tenglashdi. E’tiborlisi, angliyalik futbolchi ushbu ko‘rsatkichga 32 ta kam o‘yin o‘tkazib (105 ga qarshi 137) erishdi.

Yevropa terma jamoalarining eng yaxshi to‘purarlari reytingida faqat Krishtianu Ronaldu (Portugaliya, 136), Romelu Lukaku (Belgiya, 88), Robert Levandovski (Polsha, 85), Ferens Pushkash (Vengriya va Ispaniya, 84) va Shandor Kochish (Vengriya, 75) yuqorida joylashgan.

Kiritildi: 10:04, 25.03.2025.
O'qildi: 419 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик