Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pike: "Real" La Ligada 20 ochko ortda qolishi mumkin, lekin YECHLda fantastik o‘ynashadi"

Pike: "Real" La Ligada 20 ochko ortda qolishi mumkin, lekin YECHLda fantastik o‘ynashadi"

Baho:
+ | -1

"Barselona"ning sobiq himoyachisi Jerar Pike "Real"ning joriy mavsumdagi o‘yinlari haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Menimcha, "Real" – mag‘lub etish qiyin bo‘lgan jamoa. Chempionlar ligasi haqida gap ketganda, bu klub butunlay o‘zgarib ketadi.

Ular mavsumni dahshatli o‘tkazishlari mumkin, La Ligada 20 ochko ortda qolishlari mumkin, ammo Chempionlar Ligasida fantastik futbol o‘ynashadi. So‘nggi yillarda ular har doim ham favorit bo‘lishmagan, ammo yakunda ular turnirda g‘alaba qozonishgan", - dedi Pike.

"Real Madrid" ayni damda La Liga turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasining chorak finalida madridliklar “Arsenal”ga qarshi bahs olib boradi.

Kiritildi: 00:24, 26.03.2025.
O'qildi: 3695 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик