Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Menyan "Milan"ni tark etish haqida o‘ylamoqda, unga "Chelsi" xaridor

Menyan "Milan"ni tark etish haqida o‘ylamoqda, unga "Chelsi" xaridor

Baho:
+3 | -

"Milan" va Fransiya terma jamoasi darvozaboni Mayk Menyan agar klub UYEFA Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmasa, yozda jamoani tark etadi. TEAMtalk nashri xabariga ko‘ra, bu holatda fransiyalik futbolchi 2026 yilning yozida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaydi. Darvozabonga "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq OAVda Menyan va "Milan" o‘rtasida shartnomani 2028 yilgacha uzaytirish bo‘yicha og‘zaki kelishuv bo‘lgani, ammo "Milan" klubi darvozabonning o‘yin darajasidan norozi bo‘lgani uchun tanaffus olgani haqida xabar berilgandi.

Manbaga ko‘ra, milanliklar bir yildan so‘ng darvozabonni erkin agentga yo‘qotish xavfi tufayli yozda Menyan bo‘yicha arzon takliflarni qabul qilishga majbur bo‘ladi. Qayd etilishicha, fransiyalik posbonga "Chelsi"dan tashqari "Aston Villa" ham qiziqish bildirmoqda. Transfer summasi 40 million yevroni tashkil qilishi mumkin.

Chempionat yakuniga to‘qqiz tur qolganida "Milan" 47 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda. Chempionlar ligasi zonasi orasidagi farq olti ochkoni tashkil etadi.

Kiritildi: 23:10, 26.03.2025.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.