Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Milan" to‘rt murabbiydan birini tanlaydi

"Milan" to‘rt murabbiydan birini tanlaydi

Baho:
+ | -

Italiyaning "Milan" klubi bosh murabbiylikka nomzodlar ro‘yxatiga 4 kishini kiritdi. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.

Asosiy nomzod "rossonerilar"da ishlagan Massimiliano Allegri bo‘lib turibdi. U o‘tgan yilning may oyida "Yuventus"ni tark etgan va hozircha ishsiz. Yakuniy tanlovga yangi sport direktorini izlash ta’sir qilishi mumkin. Agar u Fabio Paratichi bo‘lsa, Antonio Kontening ishlash imkoniyati oshadi.

Shuningdek, "Milan" Sesk Fabregas ("Komo") va Roberto de Dzerbini ("Marsel") ham nomzod sifatida ko‘rmoqda. Manbaga ko‘ra, bu masalaga aprel oyining oxiridan oldin aniqlik kiritilmasligi mumkin. Ayni paytda jamoani portugaliyalik mutaxassis Serjiu Konseysau boshqarmoqda.

Kiritildi: 23:09, 27.03.2025.
O'qildi: 1379 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик