Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Lasio" yarim himoyachisiga APLning uchta top klubi qiziqish bildirmoqda

"Lasio" yarim himoyachisiga APLning uchta top klubi qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

"Liverpul", "Manchester Siti" va "Arsenal" klublari "Yuventus"dan ijara asosida "Lasio"da o‘ynayotgan 23 yoshli Nikolo Rovellaga qiziqish bildirmoqda. Shu yilning yanvar oyida "burgutlar" boshqa klublarning futbolchi borasidagi har qanday so‘rovlarini rad etishdi, chunki yozda uni 17 million yevroga sotib olish variantini faollashtirishmoqchi.

Rim jamoasi rahbariyati Rovellaga asosiy figura sifatida qaraydi, biroq Angliyaning eng boy klublaridan keladigan muhim takliflar uning ehtimoliy sotilishiga olib kelishi mumkin. "Lasio" xo‘jayinlari italiyalik yarim himoyachi uchun kamida 40 million yevro talab qilishlari kutilmoqda.

Nikolo Rovella joriy mavsum “Lasio” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 14:50, 31.03.2025.
O'qildi: 945 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик