Bugun Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi boshlanadi. Musobaqaning ilk kunida O‘zbekiston terma jamoasining uch nafar a’zosi ringga ko‘tariladi.
1-aprelga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadigan bahslarda yurtdoshlarimizning raqiblari bilan tanishing:
-55 kg: Mirazizbek Mirzahalilov – Nebil Ibrahim (Shvesiya)
-70 kg: Iqboljon Xoldorov – Damyan Durkach (Polsha)
-80 kg: Javohir Ummataliyev – Alfred Kommi (Italiya).