Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Krishtianu Ronaldu yozda "Real"ga qaytishi mumkin

Krishtianu Ronaldu yozda "Real"ga qaytishi mumkin

Baho:
+-1 | -

“An-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Real”ga qaytishi mumkin, deb xabar bermoqda Sky Sports.

Avval xabar qilinganidek, 40 yoshli portugaliyalik futbolchi "An-Nasr" bilan ushbu mavsum oxirida tugaydigan shartnomasini uzaytirmaslik haqida o‘ylamoqda. Ronaldu Saudiya klubi saralashdan o‘ta olmagan klublar o‘rtasidagi 2025 yilgi yangi Jahon chempionatida ishtirok etmoqchi.

FIFA 1-10 iyun kunlari klublar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida maxsus transfer oynalarini ochadi, Ronaldu esa jamoa bilan bitta turnir uchun shartnoma imzolash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Avvalroq, hujumchiga "Inter Mayami" va "Al-Hilol" klublari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ronaldu joriy mavsumda klub va terma jamoasi safida 40 ta o‘yinda maydonga tushib, 34 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 09:01, 01.04.2025.
O'qildi: 5940 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик