Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod - Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Farrux Zakirov: "Kuchli raqiblar bilan ro‘baro‘ kelishdan qo‘rqmaymiz"

Farrux Zakirov: "Kuchli raqiblar bilan ro‘baro‘ kelishdan qo‘rqmaymiz"

Baho:
+ | -

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Tailanddagi xalqaro musobaqada ishtirok etadi.

Qit’amizning eng kuchlilari jam bo‘lgan mazkur turnir oldidan jamoa rasmiylari ishtirokida an’anaviy miting bo‘lib o‘tdi. Unda rasmiylar musobaqa o‘tkazilishi tartibi, har bir terma jamoaning liboslarining rangi va boshqa detallarni muhokama qilishdi.

Undan so‘ng, bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi va mutaxassislar OAV vakillari savollariga javob berishdi.

Ta’kidlash lozimki, barcha raqiblar O‘zbekiston terma jamoasi haqida iliq fikrlar bildirishdi.

"Assalomu alaykum. Avvalambor, mehmondo‘stlik uchun mezbonlarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Bizga barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. O‘yinlarga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Bu yerga tarkibimizda bir qator yangi qizlar bilan kelganmiz va o‘yinda ularning real imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazib olamiz".

Jahon chempionatiga saralash vazifasini o‘tab beruvchi Osiyo Kubogi oldidan bunday kuchli raqiblarga qarshi o‘ynashdan qo‘rqmaysizmi?

"Yo‘q, nega qo‘rqishimiz kerak? Aksincha, qit’a kubogidan avval yutuq va kamchiliklarimizni ko‘rib olamiz. Yana bir bor ta’kidlayman, tarkibimizda yangi nomlar bor va aynan shu kabi kuchli raqiblarga qarshi bahsda ular nimalarga qodirligi hamda Osiyo Kubogiga qanchalik tayyorligini bilish mumkin bo‘ladi", - dedi O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zakirov.

Kiritildi: 17:10, 04.04.2025.
O'qildi: 701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик