Italiyalik sobiq hujumchi Franchesko Totti "Vulverxempton"ning Toti ismli futbolchisini taniydimi yoki yo‘qmi degan savolga javob berdi. Uning to‘liq ismi Toti Anonio Gomes. Totti bunday futbolchi haqida eshitmaganligini tan oldi.
– Hozirda Angliyaning “Vulverxempton” klubida Toti ismli futbolchi bor. U haqida bilasizmi?
– Yo‘q. Uning ismi nima? To‘rt harfdan iboratmi? "Men u haqida eshitmaganman", dedi Totti.













