Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/12 00:45 Atalanta 2-1 Kalyari
14/12 01:00 Arsenal 2-1 Vulverhempton
14/12 01:00 Xetafe 0-1 Espanyol
14/12 16:30 Milan 2-2 Sassuolo
14/12 18:00 Sevilya 4-0 Real Ovyedo
14/12 19:00 Fiorentina 1-2 Verona
14/12 19:00 Udineze 1-0 Napoli
14/12 19:00 Kristal Pelas 0-3 Manchester Siti
14/12 19:00 Nottingem Forest 3-0 Tottenhem
14/12 19:00 Sanderlend 1-0 Nyukasl
14/12 19:00 Vest Xem 2-3 Aston Villa
14/12 20:15 Selta 2-0 Atletik Bilbao
14/12 21:30 Brentford 1-1 Lids
14/12 22:00 Jenoa 1-2 Inter
14/12 22:30 Levante - Vilyarreal
15/12 00:45 Bolonya 0-1 Yuventus
15/12 01:00 Alaves 1-2 Real Madrid
16/12 00:45 Roma - Komo
16/12 01:00 Rayo Valyekano - Betis
16/12 01:00 Man. Yunayted - Bornmut

"Surxon Arena" stadioni yangitdan ochildi

"Surxon Arena" stadioni yangitdan ochildi

Baho:
+ | -

“Surxon Arena” stadioni keng ko‘lamli modernizasiyadan so‘ng qayta ochildi. Uning rekonstruksiyasi 2023 yildan 2025 yilgacha bosh homiy – Eriell Group ko‘magida amalga oshirilgan.
10 599 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan zamonaviy futbol stadioni Termiz shahrining markazida joylashgan.

Endilikda “Surxon” PFK muxlislari jonajon stadionida o‘zlarining sevimli jamoalari o‘yinidan bahramand bo‘lishlari mumkin.

Ushbu futbol jamoasi 1968 yilda tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Superligasida Termiz shahri sharafini himoya qiladi. Bugungi kunda “Surxon”da mahalliy iqtidorli sportchilar va yangi o‘yinchilar o‘ynamoqda.

Bir necha mavsumni boshqa shaharlarda o‘tkazgan “Surxon” o‘zining tubdan yangilangan qadrdon stadioniga qaytmoqda.

Endilikda “Surxon Arena” zamonaviy infratuzilma, yaxshilangan tribunalar, tabiiy chim to‘shalgan stadionning sifatli yashil qoplamasiga ega. O‘yinlar FIFA standartlariga mos keladigan zamonaviy yoritkichlarda yoritib boriladi. Sport majmuasining barcha ichki xonalari imkoniyatlari ham sezilarli darajada yaxshilandi.

Yangilangan Surxon Arena O‘zbekiston Professional futbol ligasi tomonidan yuqori baholandi. Uning vakillari stadionning yuqori darajada tayyorlanganini, infratuzilmaning talablarga to‘liq javob berishini ta’kidlab, “Surxon” klubining yuqori salohiyatiga ishonch bildirdilar. Mutaxassislarning fikricha, stadionni qayta tiklash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar turli futbol jamoalarini, birinchi navbatda, asosiy jamoani keng rivojlantirish imkonini beradi. Termizda ayollar va yoshlar futbolini yuqori darajada shakllantirish uchun juda yaxshi sharoitlar yaratilgan.

Termiz shahrida Surxondaryo yoshlari orasidan yorqin futbolchilarni tarbiyalash, ko‘proq bolalar va yoshlarni sportga jalb etish, ularda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun yanada ko‘proq imkoniyatlar paydo bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, Superliganing joriy mavsumida “Surxon” futbol jamoasi o‘z maydonida quyidagi o‘yinlarni o‘tkazadi:

• 6-tur: Surxon – Navbahor
• 8-tur: Surxon – Paxtakor
• 10-tur: Surxon – So‘g‘diyona

Shuningdek, Surxon Arenada “Dinamo” va “Lochin” jamoalariga qarshi O‘zbekiston kubogi o‘yinlari ham bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 16:16, 11.04.2025.
O'qildi: 1678 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.