Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

“Husanov — bu Husanov”: o‘zbekistonlik mutaxassis himoyachini Puyol va Pepe bilan taqqosladi

“Husanov — bu Husanov”: o‘zbekistonlik mutaxassis himoyachini Puyol va Pepe bilan taqqosladi

Baho:
+ | -

“Paxtakor” klubining sport bo‘yicha prezident maslahatchisi Maksim Shaskix “Manchester Siti” safida to‘p surayotgan O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abdukodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

U “Sports24.kz” nashriga bergan intervyusida Husanovni boshqa mashhur himoyachilar bilan solishtirib, uning shaxsiy fazilatlariga alohida urg‘u berdi.

"Puyol bilan solishtirib bo‘lmaydi. U boshqa – juda hissiyotli futbolchi edi. Husanov — madaniyatli, tarbiyali va kamgap yigit. Balki vaqt o‘tib, maydondagi xarakteri o‘zgarar, ammo hozir Abduqodir indamay o‘z ishini qiladi", deydi Shaskix.

Maksim Shaskix, shuningdek, Husanovni Pepe bilan taqqoslashga harakat qildi, lekin bu ham to‘liq o‘xshash emasligini aytdi:

"Pepe yoshligida boshqacha edi, keyinchalik tezligini yo‘qotib, boshqa yo‘l bilan o‘yin uslubini kuchaytirdi. Balki bu jihatdan Husanovda biroz o‘xshashlik bor. Lekin u Husanov bo‘lib qolaversin – bu yetarli".

Eslatib o‘tamiz, Abdukodir Husanov 2024/25 yilgi qishki transfer oynasida Fransiyaning “Lans” klubidan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tdi. Hozirga qadar u barcha musobaqalarda 9 ta o‘yin o‘tkazib, 1 gol muallifiga aylangan.

Kiritildi: 14:54, 14.04.2025.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.